Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya 0-2 Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Soboslai: «Ronalduga qoyil qolganman»

Soboslai: «Ronalduga qoyil qolganman»

Baho:
+ | -

«Liverpul» va Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai mashhur futbolchilarning hech biriga o‘xshashni istamagani, biroq Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning professionalizmiga hamisha qoyil qolganini so‘zlab berdi.

— Yoshligingizda sizda o‘rnak oladigan ideallar bo‘lganmi?

— Hech kim.

— Qo‘ysangizchi...

— Yo‘q, haqiqatan ham shunday. Ammo kumirim bo‘lgan: u — Krishtianu Ronaldu. O‘yin uslubi uchun emas, balki uning mentaliteti va takrorlanmas ishga bo‘lgan munosabati (rabochaya etika) uchun. Bolaligimda uning kitobini o‘qiganman, qanday mashg‘ulot o‘tkazishi haqidagi videolarni tomosha qilardim. Uni o‘yinidan ko‘ra, aynan mana shu jihatlari meni ko‘proq ruhlantirgan.

Lekin menda hech qachon o‘yin borasida andoza oladigan ideal bo‘lmagan. Rost aytyapman. Men boshidanoq kimgadir o‘xshashni emas, o‘zim bo‘lishni xohlaganman.

Chunki juda erta tushunib yetganman: dunyoda faqat bitta Zinedin Zidan, bitta Stiven Jerrard, bitta Pol Pogba, bitta Lionel Messi va bitta Krishtianu Ronaldu bo‘lishi mumkin.

Kimningdir «keyingi nusxasi» bo‘la olmaysiz. «O‘zingiz bo‘ling — qolgan barcha o‘rinlar band» degan iborani bilasiz-ku, — dedi Dominik.

Kiritildi: 17:31, 11.07.2026.
O'qildi: 1048 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик