Peru terma jamoasi bu yil Jahon chempionatida qatnashmayapti, ammo ular kimga muxlislik qilishni bilishadi: Erling Xoland boshchiligidagi "Vikinglar"ga. Aynan u turnirning bosh qahramoni bo‘lib turibdi.
Bu mamlakatda Xoland maniyasi avj olmoqda - Jahon chempionati paytida tug‘ilgan 563 chaqaloqqa uning ismi turli xil variantlarda berilgan. Ba’zilarida Erling, ba’zilarida Erling Xoland, ba’zilarida Erling Braut bor - lekin hammasi u haqida.
Eslatib o‘tamiz, Norvegiya bugun kechqurun Jahon chempionati chorak finalining uchinchi o‘yinida Angliya bilan o‘ynaydi. Ikki yarim finalchi allaqachon aniqlangan: Ispaniya va Fransiya.













