Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «Fiorentina» «Bornmut» himoyachisi Aleks Ximenesni ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Italiya klubi 21 yoshli ispaniyalik futbolchining maoshini to‘laydi va kelajakda uning transfer huquqini 20 million yevro evaziga sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2025/26 yilgi mavsumda Ximenes Angliya Premyer-ligasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Himoyachi «Real» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U avvalroq «Milan» safida ham to‘p surgan.













