Hujumchi Franko Mastantuono shu yozda «Real»ni tark etishi mumkin.
Fichajes nashrining xabariga ko‘ra, argentinalik futbolchining transferiga «Tottenxem» qiziqish bildirmoqda. London klubi forvardning o‘tishini rasmiylashtirish uchun jiddiy mablag‘ taklif qilishga tayyor. Biroq ushbu masala bo‘yicha «qaymoqranglilar»ning pozisiyasi hozircha noma’lum.
Franko Mastantuono 2025 yilda «River Pleyt»dan 45 million yevro evaziga «Real»ga o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi «qaymoqranglilar» safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Mastantuononing transfer bahosini 45 million yevroga baholamoqda.













