JCH-2026 chorak finalida Argentina terma jamoasi Shveysariya ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng yarim himoyachi Leandro Paredes jurnalistlar bilan fikr almashdi.
«Mundialda inglizlarga qarshi bahs olib borish haqida anchadan beri o‘ylardim. Bunday o‘yinda maydonga tushishni orzu qilganman. Juda qiyin uchrashuv bo‘ladi. Jamoamizga ishonishda davom eting», — deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.
Argentina va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi yarim final uchrashuvi chorshanba kuni, 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:00da chalinadi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati yakshanba kuni, 19 iyul kuni o‘z nihoyasiga yetadi.













