Yarim himoyachi Kyortis Jons shu yozda «Liverpul»ni tark etishi mumkin.
TEAMtalk nashrining xabariga ko‘ra, Milanning «Inter» klubi ingliz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishga bo‘lgan qiziqishini susaytirmayapti. Dastlabki ikkita taklifi rad etilgan «nerazzuri»lar futbolchi uchun uchinchi bor so‘rov yuborishga hozirlik ko‘rishmoqda. Insaydlarga ko‘ra, «Inter» bu safargi taklif summasini 25 million funt sterlinggacha oshiradi. Biroq «Liverpul» o‘z tarbiyalanuvchisini kamida 30 million funt sterlingga sotishni ko‘zlamoqda.
Kyortis Jons «Liverpul» akademiyasi mahsuli hisoblanadi va uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi «mersisaydliklar» tarkibida barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Jonsning ayni damdagi transfer bahosini 35 million yevroga baholamoqda.













