Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachi Mark Kasadoning transferi bo‘yicha o‘z shartlarini ma’lum qildi. Bu haqda SPORT nashri jurnalisti Migel Sans xabar bermoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati iqtidorli futbolchini 20 million yevrodan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Shu bilan birga, agar futbolchining transferi bo‘yicha Saudiya Arabistoni klublaridan qiziqish bildirilsa, Kataloniya klubi transfer summasini kamida 25 million yevro etib belgilashni rejalashtirmoqda.













