Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Runi Xansi Flik bilan uchrashuvdan so‘ng «Barsa»ni tark etadi

Runi Xansi Flik bilan uchrashuvdan so‘ng «Barsa»ni tark etadi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi joriy transfer mavsumida shvesiyalik vinger Runi Bardagjining jamoani tark etishi bo‘yicha ish olib bormoqda. Futbolchi yaqin kunlarda bosh murabbiy Xansi Flik bilan uchrashganidan so‘ng o‘z kelajagi borasida yakuniy qarorga keladi. Bu haqda SPORT nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum yakunida klubning yangi transfer rejalari tufayli asosiy tarkibda yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmasligi haqida ogohlantirilgan va shundan so‘ng jamoadan ketish istagini bildirgan. «Barselona» rahbariyati futbolchini ijaraga berish yoki keyinchalik qayta sotib olish huquqini saqlab qolgan holda to‘liq transfer qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — futbolchining doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini ta’minlash va ayni paytda uning ustidan kelajakdagi nazoratni yo‘qotmaslikdir.

Hozirda iqtidorli futbolchiga Yevropaning qator nomdor klublari, xususan, Angliyaning «Sanderlend», «Lids Yunayted», «Brayton», «Fulxem», «Aston Villa» jamoalari, shuningdek, «Yuventus», «Ayaks», «Marsel», «Portu» hamda Ispaniyaning bir nechta klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati o‘z vaqtida 3 million yevro evaziga sotib olingan Bardjining transfer bahosi sezilarli darajada oshganini qayd etmoqda va ushbu transferni jamoaning Angliyadagi mavsum oldi yig‘iniga qadar yakunlashni rejalashtirgan.

Kiritildi: 17:08, 12.07.2026.
O'qildi: 2221 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик