Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

«Yuventus» «Parma» hujumchisi uchun 30 million yevro taklif qildi, biroq...

«Yuventus» «Parma» hujumchisi uchun 30 million yevro taklif qildi, biroq...

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi «Parma» hujumchisi Mateo Pellegrinoni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha dastlabki rasmiy taklifini yubordi, biroq A Seriyaning ikki klubi o‘rtasidagi ilk muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, «turinliklar» 30 million yevrolik taklif bilan chiqishgan bo‘lib, unga ko‘ra futbolchi avvaliga ijaraga olinishi va keyinchalik muayyan shartlar bajarilganda (masalan, «Yuventus»ning keyingi mavsumda kuchli o‘nlikdan joy olishi) to‘liq sotib olinishi ko‘zda tutilgan edi. Biroq «Parma» rahbariyati ushbu shartlarga rozi bo‘lmadi. Parmaliklar futbolchini to‘liq transfer qilishni yoki ijara to‘lovi ancha yuqori bo‘lgan boshqacha ko‘rinishdagi shartnoma imzolashni afzal ko‘rishmoqda.

Shunga qaramay, ikki klub o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qolgani yo‘q. Tomonlarning futbolchi borasidagi moliyaviy baholari bir-biriga yaqin bo‘lib, yaqin soatlarda yangi uchrashuvlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Calciomercato.com nashrining qo‘shimcha qilishicha, hujumchi Dushan Vlaxovich jamoani tark etganidan so‘ng «Yuventus» faol ravishda markaziy hujumchi qidirmoqda. Klub avvalroq «Jenoa»dan 19 yoshli Jeff Ekxatorni sotib olgan bo‘lsa-da, yangi mavsum oldidan tajribali hujum chizig‘i vakiliga ehtiyoj sezmaqda. Pellegrinoning o‘zi Turin klubiga o‘tishga xayrixoh, biroq unga Premyer-liga va La Liga jamoalaridan ham qiziqishlar mavjud.

Kiritildi: 18:09, 12.07.2026.
O'qildi: 815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик