"Real Madrid"ning yangi futbolchisi Ibraima Konate jamoaga o‘tishi haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Himoyachi bu yozda "Los Blankos"ga bepul transfer orqali qo‘shildi va "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi.
"Real Madrid tarixdagi eng buyuk klub. Bu ajoyib klub, men qo‘shilishni orzu qilgan klub. Lekin "Real Madrid" futbolkasini kiymagunimcha, hali ham bunga ishonolmayman", - dedi Konate Madrid Zone bilan suhbatda.
Ispaniya ligasining yangi mavsumi avgust oyining o‘rtalarida boshlanadi. Birinchi turda "Real Madrid" o‘tgan mavsumda Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan "Real Sosyedad"ni qabul qiladi.













