Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland 2026 yilgi Jahon chempionati chorak finalida "Uch sher"ga qarshi 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng Angliya terma jamoasiga muvaffaqiyat tiladi. Norvegiyalik hujumchi Angliyaning Lids shahrida tug‘ilgan va "Manchester Siti"da o‘ynaydi.
"Albatta, men Angliyaning muvaffaqiyat qozonishini istayman. Menimcha, men Norvegiya formasini kiyishdan oldin bolaligimda Angliya formasini kiyganman. Men Angliyaning muvaffaqiyat qozonishini istayman, chunki ular ajoyib mamlakat va ularda ajoyib jamoa bor", - dedi Xoland ESPN bilan suhbatda.
Angliya 15 iyul kuni 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Argentina bilan o‘ynaydi.













