2010 yilda Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida birinchi va hozircha yagona marta jahon chempioni bo‘lgan edi. Niderlandiyaga qarshi kechgan final uchrashuvida dramatik bir vaziyat yuz bergandi — Aryen Robben Iker Kasilyas bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan va... darvozani nishonga ola bilmagandi. Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni o‘sha damlarni eslab, Robben uni aldab o‘tishiga ishonganini aytdi.
«Men Robbenni aldab o‘tadi deb o‘ylagandim, ammo u eng yomon qarorni tanladi — zarba berishga qaror qildi. Agar u gol urganida, o‘yin boshqacha tus olardi va yakuni ham boshqacha bo‘lardi», — deya Kasilyasning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, joriy mundialning yarim finalida ispaniyaliklar fransuzlarga qarshi bahs olib borishadi.













