«Barselona» prezidenti Joan Laporta vinger Rafinya Diasning klubdagi kelajagi haqida o‘z fikrini bildirdi.
Mish-mishlar bir necha oydan beri yulduz braziliyalik futbolchini jamoadan ketishi bilan bog‘lab kelmoqda, ammo «ko‘k-anorranglilar» bu ma’lumotlarni tasdiqlamayapti.
«Biz Rafinyaning ketishini istamaymiz. U bizning asosiy o‘yinchimiz bo‘lib qolmoqda. Gordon va Adeyemi bilan shartnoma imzolanishi Rafinyaning ketishidan darak bermaydi — bu yerda hech qanday bog‘liqlik yo‘q», — dedi Laporta Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
29 yoshli futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda u Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.













