Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Xorvatiya futbol ittifoqi yangi murabbiy bilan kelishuvga erishdi

Xorvatiya futbol ittifoqi yangi murabbiy bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Slaven Bilich yaqin vaqt ichida Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanadi.

«Shaxmatchilar»ning avvalgi ustozi Zlatko Dalich jamoa jahon chempionatini tark etganidan so‘ng o‘z lavozimini tark etgan edi. Ko‘p o‘tmay, Bilich asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgani ma’lum bo‘ldi va endi tomonlar kelishuvga erishdi. Jurnalist Aleks Krukning ma’lumotlariga ko‘ra, 57 yoshli mutaxassis Xorvatiya futbol ittifoqiga rozilik bergan. Tayinlov haqida rasmiy e’lon dushanba kuni qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Slaven Bilich Xorvatiya terma jamoasini 2006 yildan 2012 yilgacha boshqargan. Dalich esa bu lavozimda 2017 yildan buyon ishlab kelayotgandi.

Kiritildi: 08:35, 13.07.2026.
O'qildi: 410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик