«Aston Villa»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojers faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin.
Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, garchi «Chelsi» Rojersning o‘yiniga qoyil qolsa-da, klub futbolchining juda yuqori narxi sababli transferga qo‘l urishi dargumon. Shu bilan birga, «Arsenal» 23 yoshli yulduzni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy kirishgan.
Elliot Andersonning «Nottingem Forest»dan «Manchester Siti»ga 135 million yevro evaziga o‘tishidan so‘ng, «Aston Villa» Rojersni 150 million yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Rodjers barcha turnirlarda 55 ta o‘yin o‘tkazib, 14 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan va 12 ta golli uzatma muallifiga aylangan.













