«Barselona» prezidenti Joan Laporta Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Karim Adeyemining «Barselona»ga o‘tishiga yaqin qolganini tasdiqladi.
«Biz juda xursandmiz. U biz uzoq vaqt davomida kuzatib kelgan o‘yinchi. Adeyemi juda tezkor, juda yaxshi futbolchi. Deku ajoyib ish olib bordi», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Avvalroq insayder Florian Plettenberg 24 yoshli nemis futbolchisining transfer narxi 22 million yevroni tashkil qilishini xabar qilgandi. Shuningdek, «Borussiya» o‘yinchining keyingi sotuvidan 35 foiz ulush oladi. «Barselona» bilan shartnoma besh yilga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Adeyemi 2022 yilning iyulidan buyon nemis jamoasida to‘p suradi, uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
2025/26 yilgi mavsumda hujumchi 39 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.













