Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Portugaliya terma jamoasi o‘yinchisi «Al-Ahli»da Mahrezning o‘rnini egallaydi

Portugaliya terma jamoasi o‘yinchisi «Al-Ahli»da Mahrezning o‘rnini egallaydi

Baho:
+ | -

Lissabonning «Sporting» klubi vingeri Fransishku Trinkan «Al-Ahli»ga o‘tadi.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning eksklyuziv xabariga ko‘ra, Saudiya klubi portugaliyalik futbolchini 45 million dollar hamda 5 million bonus (39,4 mln + 4,4 mln yevro) evaziga o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Faqatgina hujjatlarni rasmiylashtirish qoldi, shundan so‘ng transfer rasman e’lon qilinadi. Jidda shahri jamoasida 26 yoshli futbolchi yaqinda jamoani tark etgan Riyod Mahrezning o‘rnini egallaydi.

Fransishku Trinkan 2022 yilning yozidan buyon «Sporting» sharafini himoya qilib kelayotgan edi, undan avval esa «Barselona», «Vulverxempton» va «Braga» klublarida to‘p surgan. Portugaliya terma jamoasi safida o‘yinchi 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga uchta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 17:11, 13.07.2026.
O'qildi: 1624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик