Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Ispaniyaga qarshi o‘yin kuni Fransiyada 70 000 polisiyachi tartibni saqlaydi

Ispaniyaga qarshi o‘yin kuni Fransiyada 70 000 polisiyachi tartibni saqlaydi

Baho:
+ | -

JCH-2026 yarim finali doirasidagi Ispaniyaga qarshi o‘yin kuni Fransiya ko‘chalarida 70 mingdan ortiq polisiyachi xizmat olib boradi.

Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nunyes ma’lum qildi.

Fransiya va Ispaniya o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finali 14 iyul, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Shu kuni Fransiyada Buyuk fransuz inqilobining asosiy voqeasi hisoblangan Bastiliyaning ishg‘ol qilinganligi kuni ham nishonlanadi.

BFMTV telekanali efirida chiqish qilgan Nunyesning ta’kidlashicha, 14 iyul kuni kunduzi va kechqurun mamlakatda xavfsizlikni 70 000 polisiyachi va jandarmlar ta’minlaydi. Parijda taxminan 5000 nafar huquq-tartibot idoralari vakillari navbatchilik qiladi.

Fransiya ichki ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, Fransiya va Marokash (2:0) o‘rtasidagi chorak final o‘yini davomida 89 kishi qo‘lga olingan, biroq ayrim insidentlarga qaramay, Nunyes o‘yin vaqtidagi vaziyatni «ancha yaxshi» deb baholadi.

Kiritildi: 17:48, 13.07.2026.
O'qildi: 580 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик