"Lids" "Sassuolo"ning bosniyalik himoyachisi Tarik Muxaremovichni Paskal Stryoyk o‘rniga mumkin bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Leeds Live xabar beradi.
Stryoyk "Brayton"ga 21 million yevro evaziga sotilganidan so‘ng, markaziy himoyachi pozisiyasi "Lids" uchun ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Jamoa vakillarining ta’kidlashicha, hozircha "Sassuolo" bilan hech qanday jiddiy muzokaralar bo‘lmagan – hozircha faqat qiziqish haqida gap bormoqda. Italiya klubi futbolchi uchun 40 million yevro atrofida mablag‘ olmoqchi.
Yuqori narxning sabablaridan biri shundaki, Muxaremovichning sobiq klubi "Yuventus" bo‘lajak sotuv summasidan 50 foiz ulush olish huquqiga ega. Futbolchiga "Nyukasl", "Sanderlend" va "Bornmut" klublari ham qiziqish bildirmoqda.













