Namanganning "Navbahor" klubi yozgi transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirmoqda.
O‘zPFL xabariga ko‘ra, klub Abdulla Abdullayev (tayanch yarim himoyachi) bilan yil oxirigacha, Asadbek Rahimjonov (markaziy himoyachi) bilan esa 2027 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Abdullayev BAAning "Dibba" klubidan, Rahimjonov esa "Bunyodkor"dan erkin agent bo‘lib keldi.















