Paolo Maldini terma jamoa texnik direktori etib tayinlanganidan so‘ng, Andrea Pirlo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy da’vogar deb hisoblanmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, aynan Maldini va uning maslahatchisi Leonardo sentyabr oyida boshlanadigan Millatlar ligasiga qadar "skuadra adzurra"ning yangi ustozini aniqlab olishlari kerak. Avvalroq Antonio Konte va Roberto Manchini ushbu lavozimga asosiy da’vogarlar sifatida tilga olingandi, shuningdek, Xosep Gvardiolani taklif qilish imkoniyati ham muhokama qilingan edi.
47 yoshli mutaxassis ayni paytda BAAning "Yunayted" klubida ishlamoqda. U avvalroq 2020-21 yilgi mavsumda Italiya Kubogini qo‘lga kiritgan "Yuventus", shuningdek, Turkiyaning "Fotih Karagyumryuk" va "Sampdoriya" jamoalarini boshqargan.
Maldini va Leonardo Pirloni "Milan"da birgalikda ishlagan vaqtlaridan yaxshi tanishadi. 2023 yilda Maldini sobiq yarim himoyachini "rossonerilar" bosh murabbiyi lavozimiga ko‘rib chiqqan edi.
Pirloning qo‘shimcha ustunligi uning moliyaviy talablari bo‘lib, u boshqa da’vogarlarnikidan ancha past.













