Madridning «Real» klubi darvozabon Tibo Kurtua bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Belgiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi keyingi yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan, ammo «qirollik klubi» rahbariyati 34 yoshli posbonning o‘yinidan mamnun va uni klubda uzoq vaqt saqlab qolmoqchi. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, «Real» yozgi transfer oynasi yopilganidan so‘ng darvozabon bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar boshlashni rejalashtirmoqda.
Tibo Kurtua 2018 yildan buyon madridliklar sharafini himoya qiladi. O‘tgan mavsumda tajribali darvozabon barcha turnirlarda 45 ta uchrashuv o‘tkazib, jami 43 ta gol o‘tkazib yubordi va 17 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.













