Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Yamal: "Men hech qanday keraksiz bosimni his qilmayman"

Yamal: "Men hech qanday keraksiz bosimni his qilmayman"

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal 2026 yilgi Jahon chempionatidagi gol urish ko‘rsatkichidan xavotirda emas.

19 yoshli futbolchi joriy turnirda oltita o‘yinda bitta gol urdi. Ispaniya yarim finalda Fransiya bilan to‘qnash keladi.

O‘yin bugun Arlingtonda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.

"Men gollarga berilib ketmayman, lekin bunday o‘yinda gol urish o‘zgacha bo‘lardi. Men bu chaqiriqni qabul qilaman. Shuning uchun men bu yerdaman.

Bu hamma kutgan o‘yin. O‘ylaymanki, muxlislar ajoyib o‘yinni ko‘rishadi. Shu bilan birga, hayotda futbol o‘yinidan ko‘ra qiyinroq vaziyatlar mavjud, shuning uchun men xotirjamman.

Men hech qanday keraksiz bosimni his qilmayman. Men maydonga chiqib, har doimgidek jamoa uchun bor kuchimni sarflayman", dedi Yamal.

Kiritildi: 10:19, 14.07.2026.
O'qildi: 264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик