Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal o‘z jamoasini Jahon chempionati g‘olibi sifatida tasavvur qilayotganini tan oldi.
Bugun ispaniyaliklar Fransiya bilan yarim finalda kuch sinashadi, 19 iyul kuni esa sovrin uchun hal qiluvchi bahs bo‘lib o‘tadi.
«Biz o‘zimizni jahon chempionlari sifatida tasavvur qilyapmizmi? Ha, albatta. Bu qiyin vazifa, ammo biz 2010 yilgi terma jamoa kabi qahramonga aylana olishimizga ishonamiz. Nega endi yo‘q?» — dedi jurnalist Fabrisio Romano iqtibos keltirgan Yamal o‘yinoldi matbuot anjumanida.













