Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya 0-2 Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Pedri yoki Fabian Ruis: Ispaniya murabbiyi Fransiyaga qarshi kim o‘ynashi haqida javob berdi

Pedri yoki Fabian Ruis: Ispaniya murabbiyi Fransiyaga qarshi kim o‘ynashi haqida javob berdi

Baho:
+ | -

Bugun JCH-2026 doirasidagi Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi birinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yinoldi matbuot anjumanida jurnalistlar «qizil furiya» bosh murabbiyi Luis de la Fuentedan Pedri va Fabian Ruis o‘rtasidagi tanlov haqida so‘rashdi.

«Ulardan qaysi biri asosiy tarkibda maydonga tushadi? Biz uchun yarim himoyachilar o‘rtasidagi hamkorlik juda muhim. Pedri va Fabian turlicha o‘yinchilar ekani juda yaxshi, shuning uchun balki ularni hatto birgalikda maydonga tushirarmiz», — deya javob berdi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Belgiyaga qarshi chorak final o‘yinida (2:1) asosiy tarkibdan Ruis joy olgan edi. Pedri esa 55-daqiqada aynan «PSJ» yarim himoyachisini almashtirgan holda maydonga tushgandi.

Kiritildi: 12:06, 14.07.2026.
O'qildi: 600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик