Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» «Tottenxem» himoyachisi transferi ustida ishlamoqda

«Inter» «Tottenxem» himoyachisi transferi ustida ishlamoqda

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Jed Spens «Inter»ga o‘tishi mumkin. Bu haqdagi ma’lumot bilan insayder Fabrisio Romano bo‘lishdi.

Manbalarga ko‘ra, «Inter» faoliyatida yangi bosqichga tayyor bo‘lgan 25 yoshli futbolchini sotib olish ustida ish olib bormoqda. Spens Chempionlar ligasida o‘ynashni istaydi va «Tottenxem»da Pedro Porroning o‘rinbosari bo‘lishni xohlamayapti.

Biroq, hozircha «shporlar» Spensning narxini belgilab olmagan, chunki uning Angliya terma jamoasi safida JCH-2026 dagi ishtiroki transfer qiymatining oshishiga olib kelishi mumkin.

Joriy mundialda Spens Angliya terma jamoasining barcha oltita o‘yinida maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma qayd etmadi.

Kiritildi: 13:19, 14.07.2026.
O'qildi: 830 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик