Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland 2026 yilgi Jahon chempionatiga qilgan safari haqida fikr bildirdi.
"Bu ajoyib vaqt va ajoyib sayohat edi. Meni eng ko‘p ta’sirlantirgan narsa turnirda Norvegiyani qanday himoya qilganimiz bo‘ldi. Hozirda bizda ajoyib o‘yinchilar avlodi bor. Umid qilamanki, bizning o‘yinimiz yosh norvegiyaliklarga ilhom bag‘ishlaydi", - dedi Xoland.
Xoland nufuzli turnirda yettita gol urdi. Norvegiya Jahon chempionatining chorak finaliga chiqdi va u yerda Angliyaga qiyin jangda mag‘lub bo‘ldi (1-2).
2026 yilgi Jahon chempionati 19 iyul, yakshanba kuni yakunlanadi.













