Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente jahon chempionati yarim finali doirasida Fransiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin arafasida jamoaning qiyinchiliklarga tayyorligi haqida fikr bildirdi.
O‘yin bugun, 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
«Yuliy Sezar azob-uqubatlarsiz buyuk yutuqlar bo‘lmaydi, deb aytgan. Agar biror narsaga erishmoqchi bo‘lsang, nimadir qurbon qilishing kerak. Biz qiyinchiliklarga tayyormiz.
Men futbolchilarga har kuni aytaman: biz yanada yaxshiroq bo‘la olamiz, ammo biz hozir ham juda yaxshi holatdamiz», — dedi Luis de la Fuente.













