«Chelsi»ning yangi murabbiyi Xabi Alonso «Sanderlend» yarim himoyachisi Granit Jakaning London klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berishdan bosh tortdi.
Avvalroq, «qora mushuklar» («Sanderlend» laqabi) London klubining 33 yoshli shveysariyalik futbolchi uchun taklif qilgan 8 million funtlik shartnomasini rad etgani xabar qilingandi.
«Jaka? Men biz bilan birga bo‘lmagan o‘yinchilar haqida izoh bermayman», — dedi Alonso.
Ispaniyalik mutaxassis Jaka bilan «Bayer»da birga ishlagan va uni yaqindan taniydi.













