Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Yuventus» Kolo-Muanini nima uchun sotib ololmayotganini ma’lum qildi

«Yuventus» Kolo-Muanini nima uchun sotib ololmayotganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Yuventus» sport direktori Jovanni Karnevali turinliklar klubi nima uchun haligacha fransiyalik hujumchi Randal Kolo-Muanining transferi borasida «PSJ» bilan kelisha olmayotganini tushuntirib berdi. Funksionerning so‘zlariga ko‘ra, bitimdagi asosiy to‘siq moliyaviy masala bo‘lib qolmoqda. Parijliklar futbolchi uchun juda katta mablag‘ talab qilishmoqda.

«Bu transferni juda tez yopish mumkin edi — shunchaki «PSJ» shartlariga rozi bo‘lish kifoya. Biroq biz ularning moliyaviy talablarini haddan tashqari yuqori deb hisoblaymiz. Agar murosa topishning iloji bo‘lsa, muzokaralar davom etadi. Hozircha Fransiya klubi Kolo-Muani uchun 45 million yevrodan ortiq mablag‘ olmoqchi», — deya ta’kidladi Karnevali.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hujumchi «Yuventus» safida ijara asosida to‘p surgan. U turinliklar safida barcha musobaqalarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Kiritildi: 19:31, 14.07.2026.
O'qildi: 326 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик