Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal Jahon chempionati-2026 yarim finali doirasida Fransiyaga qarshi kechgan o‘yinda gol urdi.
«Real Sosyedad» forvardi hisobida JCH-2026 da urilgan beshta to‘p bor. Oyarsabal shu tariqa bitta Jahon chempionatida kiritilgan gollar soni bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi hujumchilari rekordini takrorladi.
Avvalroq, ushbu natijaga Emilio Butragenyo (JCH-1986) va David Vilya (JCH-2010) erishgan edi.













