Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Fransiya 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
"Mening ham, barcha jamoadoshlarimning ham hafsalamiz pir bo‘ldi. Jamoamiz Jahon chempionati finaliga chiqishni orzu qilgan edi. Bu fiaskodan keyin biz boshimizni ko‘tarishimiz kerak. Biz o‘zimizni birlashtirishimiz va oldinga intilishda davom etishimiz kerak", - dedi Mbappe.
Fransiya uchinchi o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushadi. Didye Desham shogirdlari 15 iyul kuni yarim finalda Angliya bilan Argentinaga bellashuvida mag‘lub bo‘lgan jamoaga qarshi to‘qnash keladi.













