Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

UEFA a’zolari JCH-2026 dagi mojarodan so‘ng FIFA prezidentligiga yangi nomzodlarni izlashga kirishdi

UEFA a’zolari JCH-2026 dagi mojarodan so‘ng FIFA prezidentligiga yangi nomzodlarni izlashga kirishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

UEFAga a’zo bo‘lgan bir qator futbol assosiasiyalari FIFA prezidentligi uchun bo‘ladigan navbatdagi saylovda boshqa rahbar tayinlash masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda TalkSPORT nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning JCH-2026 dagi diskvalifikasiyasi FIFA intizom qo‘mitasi tomonidan to‘xtatib qo‘yilgach, Yevropa davlatlarining noroziligi ortgan va ular amaldagi rahbariyatga o‘rinbosar qidirishga tushgan.

Amaldagi rahbar Janni Infantino navbatdagi saylovda ham o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Ammo Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Shvesiya va Norvegiya kabi mamlakatlar federasiyalari unga qarshi boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Hozircha Polshaning “Legiya” klubi xo‘jayini Dariush Mioduski hamda CONCACAF (Shimoliy Amerika futbol konfederasiyasi) prezidenti Viktor Montalyani varianti muhokama qilinmoqda.

Boshqa nomzodlar orasidan UEFA prezidenti Aleksander Cheferin bor e’tiborini Yevropa futboliga qaratmoqchi, “PSJ” klubi rahbari Nosir al-Xelayfi esa bu borada hech narsa demagan. Afrika futboli (CAF) rahbari Patris Mosepe ham kelajakda FIFA prezidenti bo‘lishni istaydi, biroq u Infantinoning yaqin do‘sti bo‘lgani sababli, amaldagi rahbarning vakolat muddati tugaydigan 2031-yilni kutishni afzal ko‘rmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, FIFA prezidentligiga nomzodlar 18 noyabrga qadar ro‘yxatga olinishi kerak. Saylovlar ham aynan shu kuni Marokashning Rabot shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:15, 15.07.2026.
O'qildi: 483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик