Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe JCH–2026 ishtirokchilari orasida himoyaviy harakatlar bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi.
FotMob statistika platformasi ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe turnirda o‘tkazgan 7 ta o‘yin davomida atigi bitta muvaffaqiyatli himoyaviy harakatni (to‘pni olib qo‘yish, to‘sib qolish, uzatmani to‘xtatish yoki to‘pni uzoqlashtirish) amalga oshirgan. Bu esa jahon chempionatida maydonga tushgan 602 nafar futbolchi orasidagi eng past natija bo‘ldi.
Shunga qaramay, fransiyalik futbolchi hujumda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Mbappe JCH–2026da 8 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi va «gol+pas» tizimi bo‘yicha turnirning eng samarali futbolchisiga aylandi.
Biroq Fransiya terma jamoasi finalga chiqa olmadi. Fransuzlar yarim finalda Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.













