Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/07 23:59 Angliya 1-2 Argentina

«Manchester Siti» «PSJ»ning senegallik iqtidorli futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi

«Manchester Siti» «PSJ»ning senegallik iqtidorli futbolchisi uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Ibraim Mbaye shu yoz klubni tark etishi mumkin. Foot Mercato ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» 18 yoshli senegallik futbolchini o‘z transfer ro‘yxatiga kiritdi.

Mbaye Yevropada o‘ynayotgan o‘z avlodining eng iqtidorli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Uning Jahon chempionatidagi ishtiroki, jumladan, Fransiya darvozasiga kiritgan goli o‘yinchiga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirdi.

Avvalroq futbolchiga «Tottenxem» va «Aston Villa» qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, vaziyatni «RB Leypsig» va Dortmundning «Borussiya» klublari ham kuzatmoqda.

Manbaga ko‘ra, «PSJ» o‘zi yangi jamoa qidirayotgan futbolchi borasidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. O‘tgan mavsumda Mbaye parijliklar safida barcha turnirlarda 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 01:00, 16.07.2026.
O'qildi: 1099 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик