Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

JCH-2026. Argentina Angliyani irodali tarzda mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Messidan ikkita assist

JCH-2026. Argentina Angliyani irodali tarzda mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Messidan ikkita assist

Baho:
+2 | -

Jahon chempionati–2026 yarim finali doirasida Angliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z yakuniga yetdi. AQSHning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bens Stedium»da bo‘lib o‘tgan uchrashuvni amerikalik hakam Ismail Elfat boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqardi.

Murosasiz kechgan bahsda Argentina irodali g‘alabaga erishib, 2:1 hisobida zafar quchdi.

Hisobni 55-daqiqada Angliya hujumchisi Entoni Gordon ochdi. Argentina 85-daqiqada Enso Fernandesning goli evaziga muvozanatni tikladi. Qo‘shimcha vaqtning 90+2-daqiqasida Lautaro Martines g‘alaba golini kiritib, uchrashuvga nuqta qo‘ydi — 2:1. Argentinaliklarning har ikki goliga Lionel Messi assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘tkazilgan boshqa yarim finalda Ispaniya Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Endi JCH–2026 finalida Argentina va Ispaniya o‘zaro chempionlik uchun bahs olib boradi. Final uchrashuvi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionati–2026. Yarim final
Angliya — Argentina — 1:2 (0:0)
Bosh hakam: Ismail Elfat (AQSH)
Gollar: 1:0 — Entoni Gordon, 55, 1:1 — Enso Fernandes, 85, 1:2 — Lautaro Martines, 90+2
Angliya: Jordan Pikford — Ris Jeyms, Jon Stounz, Mark Gehi, Djed Spens — Elliot Anderson, Deklan Rays — Morgan Rojers, Jud Bellingem, Entoni Gordon — Harri Keyn.
Argentina: Emiliano Martines — Nauel Molina, Kristian Romero, Lisandro Martines, Nikolas Talyafiko — Leandro Paredes, Enso Fernandes, Aleksis Makallister — Juliano Simeone, Lionel Messi, Xulian Alvares.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:09, 16.07.2026.
O'qildi: 3711 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик