Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Lisandro Martines: «Messi bilan bu lahzalarni baham ko‘rayotganimizdan faxrlanamiz»

Lisandro Martines: «Messi bilan bu lahzalarni baham ko‘rayotganimizdan faxrlanamiz»

Baho:
+1 | -

Argentina terma jamoasi markaziy himoyachisi Lisandro Martines JCH-2026 yarim finalida Angliya ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng jamoa sardori Lionel Messi haqida fikr bildirdi.

Lionel Skaloni shogirdlari 85-daqiqagacha hisobda ortda qolayotgan edi, biroq yana bir bor vaziyatni o‘nglay oldi: avvaliga Enso Fernandes hisobni tenglashtirdi, qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Lautaro Martines g‘alaba to‘pini kiritdi. Ikkala holatda ham golli uzatmani Messi amalga oshirdi.

«Leo — bizning yetakchimiz. Yetakchingizning qanday o‘yin ko‘rsatayotganini, qanday kurashayotganini va qanday yugurayotganini ko‘rganingizda, uning uchun bor kuchingizni 100 foiz sarflashdan boshqa iloj qolmaydi. Mana shuning uchun ham biz Messi bilan bu lahzalarni baham ko‘rayotganimizdan shunchalik faxrlanamiz», — deya Lisandro Martinesning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

19 iyul kuni argentinaliklar finalda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 14:01, 16.07.2026.
O'qildi: 596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик