Hujumchi Gabriel Martinelli shu yozda «Arsenal»ni tark etishi mumkin.
Ekrem Konur ma’lumotlariga ko‘ra, London klubi yozgi transfer oynasida o‘z futbolchisini sotishga tayyor. Braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» yaqin orada forvardning transferi bo‘yicha taklif bilan chiqishi mumkin.
Gabriel Martinelli 2019 yilda «Ituano»dan «Arsenal»ga 7 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi «kanonirlar» safida barcha turnirlarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Martinellining qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.













