The Telegraph nashri 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Argentina va Angliya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv (2:1) tahliliga bag‘ishlangan maqolani e’lon qildi. Unda argentinalik futbolchilar tomonidan qo‘llangan, mualliflar «31 ta iflos hiyla» deb baholagan holatlar sanab o‘tilgan.
Maqolaga ko‘ra, uchrashuvning dastlabki 11 daqiqasida Argentina futbolchilari besh marta qo‘pol harakat qilgan. Birinchi bo‘limning qolgan qismi va qo‘shimcha vaqt davomida esa nashr mualliflari yana 13 ta shunday holatni qayd etgan.
Shuningdek, tanaffus paytida Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining uchrashuv bosh hakami Ismoil Elfat bilan bo‘lgan suhbati ham alohida tilga olingan.
Ikkinchi bo‘limda, qo‘shimcha vaqtni ham hisobga olganda, argentinaliklar tomonidan to‘qqizta qo‘pol harakat qayd etilgani ta’kidlangan. Bundan tashqari, final hushtagidan keyin futbolchilar o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuv va Argentina muxlislarining provokasion siyosiy banneri bilan g‘alabani nishonlagani ham maqolada alohida qayd etilgan.
Nashr tahliliga ko‘ra, Argentina tarkibida eng ko‘p qo‘pol harakatlar muallifi sifatida hujumchi Djuliano Simeone tilga olingan — u olti marta qayd etilgan. Shuningdek, yarim himoyachi Leandro Paredes to‘rt marta, Aleksis Mak Allister va Enso Fernandes esa uch martadan qoidabuzarlik yoki qo‘pol harakatlar bilan bog‘liq epizodlarda qayd etilgan.













