«RB Leypsig» yarim himoyachisi Ksaver Shlager Oliver Glasner boshqaruvidagi «Nottingem Forest»ning ilk xaridiga aylanadi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
28 yoshli avstriyalik futbolchining o‘tishi erkin agent maqomida amalga oshadi. Shartnoma «2+1» sxemasi bo‘yicha imzolanadi.
Shlager faoliyatining so‘nggi to‘rt yilini «RB Leypsig»da o‘tkazdi. Avvalroq Germaniyada «Volfsburg» va Avstriyada «Red Bull Zalsburg» jamoalarida to‘p surgan, u aynan «Red Bull Zalsburg» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Avstriya milliy terma jamoasi a’zosi.
Eslatib o‘tamiz, nemis mutaxassisi «Kristal Pelas»dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so‘ng shu yoz rasman «Nottingem Forest» boshqaruvini qo‘lga oldi. Glasner qo‘l ostida «Kristal Pelas» Angliya Kubogi va Superkubogini, keyin esa UYEFA Konferensiyalar ligasini qo‘lga kiritgan edi.













