Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Messi Pelening 56 yillik rekordini takrorladi

Messi Pelening 56 yillik rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

JCH-2026 yarim finalida Argentina terma jamoasi Lionel Messining faol harakatlari evaziga Angliya ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

39 yoshli Messi ushbu uchrashuvda Enso Fernandes va Lautaro Martinesning gollariga hammualliflik qilib, ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, futbolchining joriy mundialdagi assistlari soni 4 taga yetdi.

Opta Sports tahliliy portali xabariga ko‘ra, Messi JCH-1970 turniridagi Peledan keyin bitta Jahon chempionatining pley-off bosqichida 4 ta golli uzatma amalga oshirgan ilk futbolchiga aylandi.

19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniyaga qarshi final uchrashuvida Messi yana bitta golli uzatma uzatib, Pelening mazkur tarixiy natijasini yangilashi va mutlaq rekordchiga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 15:28, 16.07.2026.
O'qildi: 1465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик