UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov JCH-2026 yarim finalida Argentinaning Angliya ustidan qozongan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
Argentina Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi, gollar 85- va 92-daqiqalarda kiritildi. Finalda argentinaliklar Ispaniya bilan kuch sinashadi, o‘yin 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
«Gap yo‘q, argentinaliklar faqat ruh evaziga yutishdi. Balki men biror narsani tushunmayotgandirman, lekin bunday o‘yinda qanday qilib bunchalik erta himoyaga yotib olish mumkin? Futbol o‘ynashda davom etish kerak edi-ku. Shunchaki o‘tirib, darvozasiga ikkita gol urishlarini kutishdi.
Xullas, bizni Argentina – Ispaniya o‘rtasidagi fantastik final kutmoqda. Bu yerda kim favorit ekanini ham bilmayman. Bu Jahon chempionati shunchaki fantastik darajada o‘tmoqda. Argentina muxlislarini tabriklayman – bu sizning oqshomingiz», – deb yozdi Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarda.













