Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen jamoaning JCH-2026 yarim finalida Argentinadan uchralgan mag‘lubiyati (1:2) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Ispaniya terma jamoasining 1:0 hisobidagi o‘yiniga bir qarang (Fransiyaga qarshi). Jasorat. Shijoat. Endi 1:0 hisobida Angliya terma jamoasiga qarang. Farqi nimada?
Biz Argentinadan kuchliroqmiz. Bunda hech qanday shubham yo‘q. Ammo biz mag‘lubiyatga loyiq edik. Hisob 4:1 bo‘lishi ham mumkin edi.
1:0 hisobida maydonga yana bir himoyachining tushirilishi... Qanday signal berilmoqda?
Men bu haqda Meksika terma jamoasi bilan bo‘lgan o‘yindan keyin ham yozgan edim. Biz jasorat va shijoat deganda to‘pni uzoqroqqa tepib yuborishni emas, balki bosim ostida to‘pni nazorat qilishni tushunib yetmagunimizcha, natija doimo shunday bo‘lib qoladi.
Bizda samimiy futbolchilar bor. Ular o‘zlari bilan faxrlanishlari mumkin. Ular muntazam ravishda yirik turnirlarning hal qiluvchi bosqichlariga qadar yetib kelishmoqda.
Agar sal ko‘proq taktik sezgi bo‘lganida, Yevropa chempioni bo‘lishimiz (Italiyaga qarshi «Uembli»dagi o‘yinda) va Jahon chempioni bo‘lishga bir qadam qolganini isbotlashimiz mumkinligiga ishonaman», — deb hisoblaydi Maykl Ouen.













