Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 3-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Superkompyuter Ispaniya va Argentinaning chempionlik imkoniyatlarini baholadi

Superkompyuter Ispaniya va Argentinaning chempionlik imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

Britaniyaning Opta tahliliy kompaniyasi superkompyuteri 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati finalida Ispaniya terma jamoasini Argentinadan ustun ko‘rmoqda. Bu haqda Opta rasmiy sayti xabar berdi.

Superkompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, Ispaniyaning chempion bo‘lish ehtimoli 56,31 foiz, Argentinaniki esa 43,69 foizni tashkil etmoqda. Final uchrashuvi 19-iyul oqshomida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Argentina yarim finalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionati finaliga chiqdi. Ispaniya esa Fransiyani 2:0 hisobida taslim etib, hal qiluvchi bahsga yo‘l oldi. Qizig‘i shundaki, yarimfinal boshlanishidan avval aynan Fransiya Opta superkompyuteri talqiniga ko‘ra turnirning asosiy favoriti hisoblanayotgan edi.

Yarimfinalda Ispaniya Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Argentina esa Angliya ustidan 2:1 hisobida ustun keldi.

2026-yilgi FIFA Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa tarixida ilk bor unda 48 ta terma jamoa ishtirok etmoqda. Amaldagi Jahon chempioni esa Argentina hisoblanadi.

Kiritildi: 17:24, 16.07.2026.
O'qildi: 1517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик