«Arsenal» va «Bryugge» Gresiya terma jamoasi hujumchisi Xristos Solisning transferi bo‘yicha muzokaralarni yakunlashga yaqin turibdi. Bu haqda sport24.gr xabar bermoqda.
London klubi 24 yoshli futbolchi uchun taxminan 40 million yevro to‘lashga tayyorligini bildirib, belgiyaliklarning moliyaviy talablarini deyarli qondirdi. Agar transfer ehtimoliy bonuslarsiz shu summa evaziga amalga oshsa, bu gresiyalik futbolchilar uchun rekord darajadagi sotuv bo‘ladi.
«Arsenal» «Bryugge» bilan rasmiy muzokaralarni hafta boshida boshlagan edi. «Arsenal» va futbolchining o‘zi o‘rtasida hali kelishuvga erishilmagan. Garchi har ikki tomon ham bitim tuzishdan manfaatdor bo‘lsa-da, futbolchi bilan muzokaralar davom etmoqda.













