«Inter» Jed Spens uchun 35 million yevro sarflashga tayyor.
Avvalroq «neradzurrilar» 25 yoshli himoyachining transferi bo‘yicha «Tottenxem» bilan muzokaralarni davom ettirayotgani haqida xabar berilgan edi.
La Gazzetta dello Sport ma’lumotlariga ko‘ra, «shporlar» angliyalik futbolchini kamida 35 million yevroga baholamoqda. Shunga qaramay, bu narx «neradzurrilarni» cho‘chitmagani ta’kidlanmoqda.
Klublar muzokaralarni davom ettirmoqda, biroq kelishuvni imkon qadar tezroq yopishga shoshilmayapti, bunga futbolchining hozirda AQSHda ekanligi ham sababdir.
Jed to‘p suradigan Angliya terma jamoasi JCH-2026 doirasida 3-o‘rin uchun Fransiyaga qarshi bahs olib borishi kerak.













