Madridning «Real» klubi sobiq sardori va Ispaniya terma jamoasining sobiq ustozi Fernando Yerro hozirgi murabbiy Luis de la Fuentening muvaffaqiyat sirini tushuntirib berdi.
Mutaxassisning qo‘l ostida Ispaniya terma jamoasi 2024 yilda Yevropa chempioni bo‘ldi, endi esa JCH-2026 finaliga qadar yetib keldi.
«Luis juda xotirjam va terma jamoadagi ish jarayoni qanday tashkil etilishini yaxshi tushunadi. U o‘yinchilarni, ularning kuchli tomonlarini juda yaxshi biladi hamda ispan futbolining kadrlar salohiyatidan foydalanish borasida o‘tkir ko‘zga ega», — deya ekspertning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.













