«Bavariya» vingeri Maykl Olise Madridning «Real» klubida Vinisius Juniorning o‘rnini egallashi mumkin.
Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, fransiyalik futbolchi yozgi transferlar vaqtida «qirollik klubi»ga o‘tishni istamoqda. «Qaymoqranglilar» shov-shuvli transferni amalga oshirish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi, biroq bu kelishuv arzonga tushmasligi aniq. L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, «Real» joriy transfer oynasida Vinisiusni sotib yuborish ehtimolini istisno etmayapti — braziliyalik futbolchi bilan xayrlashish Oliseni tarkibga qo‘shib olishga yordam beradi.
Transfermarkt portali ekspertlari Vinisiusning qiymatini 140 million yevroga baholamoqda, Olisening narxi esa o‘sha sayt ma’lumotlariga ko‘ra, 150 million yevroni tashkil etadi.













