Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

«Manchester Yunayted» Bundesliga yarim himoyachisining vakillari bilan bog‘landi

«Manchester Yunayted» Bundesliga yarim himoyachisining vakillari bilan bog‘landi

Baho:
+ | -

Frankfurtning «Ayntraxt» klubi yarim himoyachisi Xugo Larsson Angliya Premyer-ligasi klublarida qiziqish uyg‘otmoqda.

Jurnalist Stiv Keyning xabar berishicha, «Manchester Yunayted» shvesiyalik futbolchining vakillari bilan allaqachon bog‘langan, shuningdek, 22 yoshli o‘yinchiga «Nyukasl» ham ko‘z tikmoqda. Shunga qaramay, hozircha futbolchi bo‘yicha rasmiy takliflar kelib tushmagan. «Ayntraxt» 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga ega yarim himoyachi bilan xayrlashishga unchalik ishtiyoqmand emas.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Xugo Larssonning bozor qiymati 28 million yevroni tashkil etadi. O‘tgan mavsumda skandinaviyalik futbolchi Frankfurt jamoasi safida barcha turnirlarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 11:16, 17.07.2026.
O'qildi: 1504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик