Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Tuxel ketadimi? Nevill Angliyaning mundialdagi mag‘lubiyatiga izoh berdi

Tuxel ketadimi? Nevill Angliyaning mundialdagi mag‘lubiyatiga izoh berdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Gari Nevill Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel haqida, jamoa JCH-2026 yarim finalida Argentinaga imkoniyatni boy berganidan (1:2) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

"Men uning kelajagi haqida o‘ylamayapman. Unga bo‘lgan bosim juda o‘rinli, u ma’lum bir yo‘l bilan muvaffaqiyatga erishishga harakat qildi.

Ko‘pchilik uning bunga yondashuviga qo‘shilmaydi... Uni tanqid qilishadi, chunki u o‘yinning keskin pallalarida uning borishini o‘zgartira oladigan bosh murabbiy edi. Uni aynan shunday vaziyatlarni uddalashi uchun taklif qilishgandi, ammo u buni eplay olmadi, shuning uchun unga bosim o‘tkazishadi.

Ammo men hech qachon Angliya bu turnirda g‘olib chiqishini kutmaganman. Yakunda, menimcha, biz eng muhim o‘yinlarda va eng mas’uliyatli daqiqalarda to‘pni nazorat qila olmaymiz. Bu ko‘p yillardan beri Angliyaning aybi bo‘lib kelgan", — deya Nevillning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Kiritildi: 13:34, 17.07.2026.
O'qildi: 628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик